Maşina olib qoçgan 2 yigit IIO xodimini piçoqladi

Maşina olib qoçgan 2 yigit IIO xodimini piçoqladi

Sirdaryo viloyatida Cobalt maşinasini olib qoçgan 2 nafar yigit Toşkent viloyatida ularni töxtatgan içki işlar organi xodimini piçoqladi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, yigitlar Samarqandda Cobalt’ga yölovçi sifatida mingan. Ular Sirdaryo viloyatida haydovçi hojatxonaga kiriş uçun töxtaganda maşinani olib qoçgan. Tezkor xabar asosida Toşkent viloyatida içki işlar organi xodimi maşinani töxtatmoqçi bölganida yigitlardan biri xodimga ötkir tiğli jism bilan taşlanib, jarohat yetkazgan. Körsatilgan tezkor tibbiy yordam sababli xodimning hayoti saqlab qolingan. 

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yigitlar Toşkent viloyatining Ohangaron şahrida qölgan olingan. Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi tayinlangan.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning bildirişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97- (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) hamda 267- (transport vositasini olib qoçiş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


×