Özbekistonda 2021 yilning yanvar–oktyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 57,1 mlrd. kVt soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi maʼlumot berdi.
Ötgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 4,9 mlrd. kVt soatga oşgan. Ösiş surʼati 9,4 foiz.
Jami elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan respublika miqyosida işlab çiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
- Toşkent viloyati – 23,2 foiz;
- Sirdaryo viloyati – 22,2 foiz;
- Qaşqadaryo viloyati – 19 foiz;
- Navoiy viloyati – 16,1 foiz.
Eslatib ötamiz, avvalroq Energetika vazirligi mamlakatda yuzaga kelgan elektr tanqisligi sababini maʼlum qilgandi.
Bundan taşqari vazirlik ilk bor toşkentlik fuqaro davlatga elektr energiyasi sotayotganini xabar bergan.









