SmartGunz - aqlli töpponça tasodifiy va qasddan öq otişlarga qarşi kuraşiş maqsadida işlab çiqarilgan. U bolalar qöliga tuşib qolganida xavf tuğdirmaydi, jinoyatçilar uçun tahdidli qurol vazifasini bajarolmaydi, öz joniga qasd qiliş niyatidagilarga ham tösqinlik qiladi.
Çunki töpponça tepkisi bosilsa ham, undan öq uzilmaydi. Unda öyinçoq miltiqdan nima farqi bor, deysizmi? Albatta, har bir buyum zarurat yuzasidan öz vazifasini bajarişi kerak. Öq uziş birlamçi ehtiyojga aylanganida töpponça egasi qurolni qölga olişdan oldin bilagiga maxsus moslama - soatni taqadi. Şunda himoyalovçi mexanizm öçib, öq taşqariga otiladi.
Demak, qöl soatini alohida saqlagan holda töpponçani oçiq joyda ham qoldirişingiz mumkin. Şunda u atrofdagi bolalar, jinoyatçilar, hayotiga nuqta qöymoqçi bölganlar yoki şunçaki ehtiyotsiz foydalanganlarga öyinçoq miltiqdek turaveradi. Moslama taqilmagunça uşbu sovuq qurol insonlarga özigi keliş imkoniyatini beradi. Balki uni işlatiş şartmasdir, savolini qöyadi.
Xatto huquq-tartibot organlari xodimlari ham undan foydalansalar, qaltis vaziyatlarning oldini oladilar. Axir qaçondir qoidabuzarlarni qörqitib qöyiş ham kifoya qiladi, öq uzişga hojat qolmaydi-ku.
Aqlli miltiqning narxi huquq tartibot organlari uçun 1795, fuqarolar uçun 2195 dollar. Hozirça faqat maxsus xodimlar sinayaptilar, bahorda oddiy insonlar uçun sotuvga çiqariladi.
Boşqa kompaniyalar ham aqlli qurollarni köpaytirib, barmoq izlari orqali egasini taniş va faqat unga xizmat qiliş imkoniyatini yölga qöymoqçilar. Bu miltiq öqtalgan politsiyaçining qölidan tortib olib, öziga qarşi işlatadigan bezorilarning badniyatiga tösqinlik qiladi.
Bunday mahsulotlar fuqarolar uçun ham erkin sotuvda bölişiga qaramay, huda-behudaga işlatmaslik, şaxsiy muhofazaning maqbulroq yöllaridan foydalaniş tavsiya etilmoqda.









