Kelgusi yilda bitiruvçilar, kiriş imtihonlarisiz, OTMlarga qabul qilinadi

Kelgusi yilda bitiruvçilar, kiriş imtihonlarisiz, OTMlarga qabul qilinadi

Kelgusida texnikumlar bitiruvçilari kiriş imtihonlarisiz OTMlarga qabul qilinadi. «Agrar taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori (PQ–4795, 30.07.2020 y.)da bu haqda belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 öquv yilidan boşlab:

— Toşkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti taşkil etiladi;

— Qişloq xöjaligi vazirligi tasarrufiga ötkazilgan qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar örniga agrotexnologiyalar texnikumlari taşkil etiladi.

Şu bilan birga, mazkur qarorga köra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar yakka tartibdagi suhbat asosida kiriş imtihonlarisiz qişloq xöjaligi OTMlarining mos bakalavriat yönalişlarida 2-bosqiçdan öqişini davom ettiriş huquqiga ega böladi.

Şuningdek:

— 2020/2021 yil öquv yilidan boşlab Toşkent davlat agrar universiteti qoşida respublika OTMlarining iqtidorli talabalari tarkibidan tanlab olingan yoşlar uçun «Özbekistonda qişloq xöjaligini innovatsion rivojlantiriş va uni raqamli transformatsiyalaş» loyihasini amalga oşiriş doirasida maxsus fakultet taşkil etiladi;

— Toşkent davlat agrar universiteti va Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida qişloq xöjaligini raqamlaştiriş va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari hamda professional taʼlim muassasalari bilan işlaş böyiça prorektor lavozimi joriy etiladi;

Xorijiy tillarni yaxşi özlaştirgan professor-öqituvçilarning oylik maoşlariga 10 foiz ustama belgilanadi (xorijiy tillar böyiça professor-öqituvçilar bundan mustasno).

×