Özbekistonda OTMlarga kiriş imtihonlari 2 sentyabrdan boşlanadi

Özbekistonda OTMlarga kiriş imtihonlari 2 sentyabrdan boşlanadi

Özbekistonda oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlari sentyabr oyining boşida ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu haqda AOKA zalida bölib ötayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

«Avgust oyida barça binolar va stadionlarni jihozlaşni amalga oşiramiz, sentyabr oyi boşida test sinovlarini ötkaziş rejalaştirilgan», — dedi Davlat test markazi boşqarma boşliği Barno Rajabov.

DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov imtihonlar böladigan kunlarga aniqlik kiritdi.

«Test sinovlari 2 sentyabrdan boşlanadi. 14 kun davom etadi», — dedi DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov .

«Stadionlarda kuzatuv kameralari, albatta, böladi. Har bir abituriyent va kuzatuvçilarning har bir xatti-harakati suratga olinadi va televideniye orqali berib boriladi.

Içkaridagi holatga Davlat test markazi, imtihon topşiriladigan obʼekt hududiga kiriş jarayoni uçun huquqni muhofaza qiliş organlari javob beradi», — dedi Barno Rajabov.

Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni 2020 yilda oliy taʼlim muassasalariga qabulni taşkil qiliş va 2020/2021-öquv yiliga tayyorgarlik köriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazgan edi.  Unda yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti ançaga çözilib ketişini inobatga olib, test sinovlarini Toşkent va Nukus şaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda taşkil etiş yuzasidan topşiriq berilgan.

Özbekistonda OTMlarga kiriş imtihonlarini 25 iyuldan 20 avgustgaça ötkaziş rejalaştirilayotgandi. Biroq mamlakatda koronavirus bilan boğliq vaziyatning keskinlaşayotgani sababli 10 iyuldan 1 avgustgaça mamlakatda qatʼiy karantin çoralari joriy qilindi va keyinçalik karantin 15 avgustga qadar uzaytirildi. 22 iyulda AOKAda ötgan brifingda Davlat test markazi boş boşqarma boşliği Barno Rajabov imtihon çeklovlar 1 sentyabrgaça davom etsa, sentyabr oyida ötkazilişi mumkinligini aytgandi. Şuningdek, Oliy va örta-maxsus taʼlim vazirligi 2020/2021-öquv yili qabuli uçun magistraturaga hujjat topşirgan va muayyan sabablarga köra arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga muammoni bartaraf qiliş uçun 4 avgustdan 6 avgust soat 11:00 gaça vaqt bergan.

Avval Davlat test markazi Özbekistonda pandemiya şaroiti murakkab keçayotganligi, karantin çeklovlari bekor qilinmayotganligi yoki yumşatilmaganligi bois oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş test sinovlarini ötkaziş muddatlari test topşiruvçilar salomatligiga zarar yetmaydigan vaziyat kelgunga qadar keyinga surilişi va bu haqda jamoatçilik muntazam xabardor qilib borilişini bildirgandi.

×