Xorazmga kiriş uçun yangi viza turi joriy qilinadi

Xorazmga kiriş uçun yangi viza turi joriy qilinadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalari yuzasidan yiğiliş ötkazmoqda.

Şavkat Mirziyoyev Xorazmni asosiy drayveridan biri bölgan turizmni rivojlantiriş böyiça 3 yillik dastur qabul qilinişini aytdi. 

Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasining tuşumi 3 yil davomida Xorazmni özida qoldiriladi.

Sayyohlarga bir yil davomida çeklovsiz Xorazmga kiriş uçun “Özbekiston – mening ikkinçi uyim” viza tizimi joriy qilinadi. 

Şu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetişmasligi qayd etildi.

Endilikda mehmonxona va dam oliş maskanlarini quriş, mavjud örinlarni köpaytiriş uçun 7 yilga 2 yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.

Urganç şahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylarini taşkil qiliş taklif qilindi. 

Yana bir imkoniyat – xorijiy sayyohlar Xorazm taomlarini sevib isteʼmol qilişadi.

Lekin bu taomlarni na mamlakat içida, na çetda körsatiş uçun harakat, tarğibot qilinmayapti. 

Şu munosabat bilan Xiva şahrida 24 soat işlaydigan restoran, kafe va ovqat rastalarini işga tuşiriş muhimligi qayd etildi.

Teglar:
×