Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni Qöşma Ştatlarga yuboriş bilan boğliq noqonuniy holatlar aniqlandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Samarqand şahrida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, unga göyoki AQŞ elçixonasidagi tanişlari orqali viza rasmiylaştirib, Qöşma Ştatlarga yuboriş evaziga 14 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
***
1999 yilda Oqdaryo tumanida tuğilgan, hozirda Amerika Qöşma Ştatlarida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs Samarqand iqtisodiyot va servis institutida öqiydigan qarindoşi bilan özaro til biriktirib, mahalliy fuqaroni Meksika orqali Qöşma Ştatlarga işga yuboriş evaziga undan 16 ming AQŞ dollari talab qilişgan.
Ammo, Iqtisodiyot va servis instituti talabasi söralgan pul mablağidan 10 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.
Taʼkidlaş lozimki, hozirda Qöşma Ştatlarda yaşayotgan oqdaryolik şaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni Amerikaga işga yuborişni vaʼda qilib, ulardan 41.600 AQŞ dollari olgan va öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan.
***
DXX Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va içki işlar organlari bilan hamkorlikda Jizzax şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatida yaşovçi, 1999 y.t. şaxs Foriş tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni aldab, tanişlari yordamida uni «Turkiya-Yevropa-Nikaragua-Meksika» orqali Qöşma Ştatlarga yuboriş evaziga talab qilingan 17 ming AQŞ dollaridan 10 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.
***
1991 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, hozirda AQŞning Ohayo ştatida yaşovçi fuqaro va Yangiyer şahrida istiqomat qiluvçi, 1991 y.t. şaxs özaro til biriktirib, Xovos tumanida yaşovçi fuqaroni Meksika orqali Amerika Qöşma Ştatlariga yuboriş, şuningdek, buning uçun zarur böladigan viza va boşqa hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga undan 8200 AQŞ dollari talab qilişgan.
Lekin, Yangiyer şahrida yaşovçi şaxs 8100 AQŞ dollari va 1 mln. 240 ming söm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uşlandi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan.









