Namanganda qarzdor fuqaro MIB xodimini piçoqladi

Namanganda qarzdor fuqaro MIB xodimini piçoqladi

Namangan viloyati Töraqörğon tumanida fuqaro Majburiy ijro byurosi xodimini piçoqladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanişiça, joriy yilning 10 aprel kuni soat 15:40 larda byuro ijroçisi S.B. qarzdor fuqaro O.T.ning yaşaş xonadoniga 26 million 982 ming sömlik bank krediti va boşqa qarzdorliklarni undiriş böyiça majburiy ijro harakatlarini amalga oşiriş uçun borgan.

Şu orada davlat ijroçisi xonadonga kelganda qarzdor yöqligi maʼlum bölgan va telefon orqali kelişni söragan. Qarzdor esa turli bahonalar bilan kelmasligini maʼlum qilgan.

Şundan söng davlat ijroçisi qarzdorlik bartaraf etilmagani bois majburiy ijro harakatlari tayinlanganini bildirib kelişini söragan. Bundan ğazablangan qarzdor O.T. esa davlat ijroçisini qasddan öldiriş maqsadida xöjalik piçoği bilan kelib, davlat ijroçisini kökrak qafasiga piçoq bilan urmoqçi bölganida özini himoya qilgan va öng qöl kaft sohasidan jiddiy tan jarohati olgan. 

Qarzdor yana davlat ijroçisini öldiriş maqsadida uni ortidan quvgan vaqtda ijro harakatlarida iştirok etayotgan boşqa davlat xizmatçilari tomonidan qölidagi xöjalik piçoği olib qöyilgan. 

“Mazkur holat böyiça 2023 yil 10 aprel kuni Töraqörğon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


×