Muborakda özini prokuratura xodimi deb taniştirib, odamlarni çuv tuşirgan sobiq IIB xodimi va uning şerigi qölga olindi.
Joriy yilning 28-29 sentyabr kunlari DXX Muborak şahar bölinmasi va departament Muborak tuman bölimi, DXX Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi va Muborak tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
«Nasafnews» manbasining xabar berişiça, tezkor tadbirda özini prokuratura xodimi deb taniştirib yurgan 41 yoşli avval sudlangan sobiq Içki işlar bölimi xodimi K.J. va 35 yoşli Muborak tumanida yaşovçi E.Z.lar uşlangan.
Ular 1991 yilda tuğilgan fuqaro O.J.ni «Eriell» kompaniyasiga işga kiritib qöyişini aytib, aldov yöli bilan 3000 AQŞ dollari talab qilgan. Firibgarlar 1000 AQŞ dollari olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Şuningdek, olib borilgan suriştiruvlar davomida K.J. va E.L.lar işga kiritib qöyişini aytib aldov yuli bilan Muborak tumanida yaşovçi fukarolar S.N.dan 1000 AKŞ dollari, Yu.S.dan 1000 AKŞ dollari va A.U.dan 10 000 000 söm qiymatidagi pul mablağlarini olganligi aniqlandi.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan Jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









