Bundan beş yarim oy avval Andijon viloyatida 5 oylik kelinçak beş kişi tomonidan zörlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Unda kelin dala şiyponida idişlarni yuviş uçun çiqqanda, uni körgan 5 nafar spirtli içimlik taʼsirida bölgan erkaklar majburlab şiyponga olib kirib, qöl-oyoğini boğlab, zörlagani aytilgan. Kelinning yaqinlari uni zörlagan erkaklarga qonuniy çora körişni söragan, deb yozadi "daryo".
Tarqalgan xabarlar yuzasidan Andijon viloyati IIB matbuot xizmati 13 may kuni fuqaro O.O. 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, şu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani, «Qoraqalpoq» MFYda joylaşgan dala şiyponida fuqarolar S.A. va O.M. unga nisbatan zörlik işlatib jinsiy aloqada bölganini maʼlum qilgan.
Holat yuzasidan hodisa sodir bölgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga çiqib, hodisa sodir bölgan joy közdan keçirilgan va videotasvirga olingan.
Tergovga qadar tekşiriş harakatlarini tölaligini taʼminlaş maqsadida O.O.ga tegişli bölgan qizil qora rangli ayollar köylagi va boşqa kiyimlari daliliy aşyo tariqasida xolislar iştirokida olingan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.
Şundan söng Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, şuningdek, jinoyat işini içki işlar vaziri şaxsan nazoratga olgani ham maʼlum qilingandi.
29 may kuni Içki işlar vazirligi axborot xizmati sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, jabrlanuvçining badanida zörlik alomatlari bilan boğliq tan jarohatlari mavjud emasligi, 13-14 haftalik homilador ekani va homilasi rivojlanayotgani aniqlangan.
Tergov harakatlari davomida töplangan inkor qilib bölmas dalillarga asosan kelinçak O.O.ning zörlangani töğrisidagi vajlari öz tasdiğini topmagani sababli jinoyat işining gumon qilinuvçilarga tegişli qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga (jinoiy hodisa yuz bermagan yoki şaxsning qilmişida jinoyat tarkibi bölmasa) asosan tugatiş masalasi körib çiqilayotgani, fuqaro O.O. va boşqalarning tuhmat qilgani holatiga huquqiy baho beriş maqsadida tergov harakatlari davom ettirilayotgani maʼlum qilingandi.
Öşanda Içki işlar vazirligi axborot xizmati tomonidan kelgusida tergov harakatlari natijasi yuzasidan qöşimça maʼlumot berilişi taʼminlanişi taʼkidlangan edi.
Afsuski, orada beş oydan ortiq vaqt ötgan bölsa-da içki işlar vazirligidan tortib, boş prokuratura, hattoki sud tomonidan ham tergov harakatlari natijasi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida heç qanday qöşimça yoki yakuniy maʼlumot berilmagan. Şu maqsadda «Daryo» muxbiri viloyat prokuraturasi axborot xizmati bilan boğlanib, tergov harakatlari yakuni böyiça maʼlumot taqdim etişni söragan.
Viloyat prokuraturasining maʼlum qilişiça, «Odam DNKsi sud-biologik» ekspertizasining xulosasiga köra, jabrlanuvçi ayol O. O.ning kiyim-keçaklarida aniqlangan spermalar uning eri O.O.ga tegişli ekani maʼlum bölgan.
Jabrlanuvçi ayol O.O. yaqin qarindoşlari va himoyaçisi iştirokida söroq qilinganida, uni heç kim zörlab nomusiga tegmaganini, qaynonasi Ö.O. moddiy manfaatdor böliş evaziga uni zörlab nomusiga tekkani haqida ariza va körsatma berişga majbur qilganini, agarda uşbu körsatmani bermasa eri bilan birga yaşattirmasdan, ajratib yuborişini aytgani sababli, ilojsizlikdan yolğon körsatma berganini maʼlum qilgan.
Mazkur iş böyiça tergovga jalb qilingan fuqaro, kelin tomonidan zörlaganlikda ayblangan erkaklar A.S. özining körsatmalarida tanişlari O. M., A. M., M. J., X. J., B. X., B. A. bilan birga 2021 yil 13 may kuni soat 10:00 da Andijon tumanida joylaşgan «Hayot» nomli çoyxonada ötirganini va spirtli içimliklar isteʼmol qilganini, şu kuni soat 13:30 dan söng «Qoradaryo» böyiga borib aroq içganini, şu kuni soat 19:00 dan söng uylariga ketganini bildirgan.
Şuningdek, A.S. hamma tanişlarini öziga tegişli bölgan Labo rusumli avtomaşinasida uylariga taşlab, iş joyi Andijon qişloq xöjaligi agrotexnologiyalar institutiga qorovullik qiliş uçun ketganini aytgan.
A.S.ning körsatmalarini qolgan gumonlanuvçilar ham töliq tasdiqlab, öşa kuni kelinçak O.O.ni umuman körmaganini, uni umuman tanimasliklarini maʼlum qilgan.
2021 yil 14 may kuni gumonlanuvçilarning badani tibbiy mutaxassislar tomonidan közdan keçirilganda heç qanday jarohat va şilinma izlari mavjud emasligi aniqlangan.
Bundan taşqari, O.O. iştirokida şaxslarni tanib oliş tergov harakati ötkazilganida, u faqatgina mahalladoşi A.S. va O.M.ni tanib olgan.
Şuningdek, voqea sodir etilgan kuni dala şiyponidan 400 metr uzoqlikda joylaşgan daryo böyida dam olib ötirgan X.M., A.A. va Ş.E. öz körsatmalarida, fuqaro O.O.ga tegişli bölgan dala şiyponi esa taʼkidlanganidek, ulardan 400 metr uzoqlikda joylaşganini, dala şiyponi ularga yaqqol körinib turganini, ular şu kuni soat 10:30 dan 17:30 ga qadar ötirişganini, şu vaqt davomida şiypon atrofida begona erkaklarni körmaganini, dala şiyponidan ayol kişining baqirib yordam söragani eşitilmaganini bildirişgan.
2021 yil 26 may kuni ötkazilgan tergov harakatlari davomida töplangan inkor qilib bölmas dalillarga asosan kelinçak O.O.ning zörlangani töğrisidagi vajlari öz tasdiğini topmagani sabab, jinoyat işining gumon qilinuvçilarga tegişli qismi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga (jinoiy hodisa yuz bermagan yoki şaxsning qilmişida jinoyat tarkibi bölmasa) asosan tugatilgan.
4 iyun kuni jinoyat işi böyiça sudga oid psixiatriya va psixologiya ekspertizalari tayinlangan.
Sud-psixologik ekspertizasining 14 iyundagi xulosasi, jabrlanuvçi O.O.ning dastlabki tergov harakatlari davomida berayotgan körsatmalari, ijtimoiy voqelikda özaro nomutanosiblik mavjudligi, uning idrok va tafakkur jarayonlarida tuşunça, hukm, xulosalarida favqulodda uzilişlar yuzaga kelgani sabab, uning individual psixologik xususiyatlari va yoşlik darajasi böyiça, uşbu holatni ongli ravişda töğri tuşungan holda anglab yetişga va tahlil qilişga qodir emasligi, dastlabki tergov harakatlari davomida berayotgan körsatmalari tafakkuridagi tuşunça, hukm, xulosalaridagi uzilişlar natijasida real boğliqqa yaqin emasligini körsatgan.
Şu munosabat bilan 2021 yilning 22 iyun kuni zörlaganlikda ayblangan erkaklar A.S., O.M., A.M., M., X.J., B.X., B.A. jabrlanuvçi va fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan.
Qaynona va qaynota ogohlantirilgan, qaynaka hamda qaynopa esa jarimaga tortilgan
Qayd etilişiça, jinoyat işining kelin qaynotasi I.O., qaynonasi Ö.O., qaynakasi A.O. va qaynopasi X.J.ga nisbatan bölgan qismi alohida material tariqasida ajratilib, ularning harakatlariga baho berişlik uçun hujjatlar Andijon tuman içki işlar bölimiga yuborilgan.
Andijon viloyat sudi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, 2021 yilning 5 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Andijon tuman sudi tomonidan uşbu şaxslarga nisbatan tegişli tartibda maʼmuriy iş körib çiqilgan.
Sud qaroriga asosan javobgarlarning barçasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi(tuhmat)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Biroq O.O.ning qaynonasi Ö.O. va qaynotasi I.O. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 21-moddasiga (huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qiliş) asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilib, kelgusida yuqoridagi kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda javobgarlikka tortilişi haqida rasman ogohlantirilib, ularga nisbatan yuritilgan maʼmuriy iş harakatdan tugatilgan.
O.O.ning qaynakasi A.O.ga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 5 barobari, yaʼni bir million ikki yuz yigirma beş ming söm, qaynopasi X.J.ga nisbatan esa BHMning 2 barobari, yaʼni tört yuz töqson ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Kelinçakka jinoyat işi oçilgan
Viloyat prokuraturasi maʼlumotlariga köra, 2021 yilning 26 iyun kuni O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi (naşr qiliş yoki boşqaça usulda köpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali; oğir yoki öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab; oğir oqibatlar kelib çiqişiga sabab bölgan holda; ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda qilingan tuhmat) bandlari va boşqa moddalari (aynan qaysi moddalar ekaniga aniqlik kiritilmagan) bilan ayblov eʼlon qilinib, «şaxsiy kafillik» ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işi 26 iyun kuni ayblanuvçi O.O. va uning himoyaçisiga taniştirilgan. Ikki kundan söng, yaʼni 28 iyun kuni jinoyat işi böyiça ayblov xulosasi tuzilib, Jinoyat protsessual kodeksining 388-moddasi tartibida sud muhokamasiga yuborilgan.
«Daryo» muxbirining uşbu holat yuzasidan Andijon viloyat sudiga qilgan sörovi böyiça heç qanday maʼlumot berilmagan.
Qayd etiş lozim, Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining uç yuz baravaridan beş yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatdan tört yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş bilan jazolanadi.









