Andijonda öquvçilar örtasida piçoqbozlik yuz berdi

Andijonda öquvçilar örtasida piçoqbozlik yuz berdi

Keça, 22 sentyabr kuni Andijon şahridagi 2-maktab öquvçilari örtasida piçoqbozlik sodir böldi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, soat 13:20 da M. ismli yigit 2-sonli maktabi oldida 3 nafar tanişi bilan körişgan, şundan söng gaplaşib oliş maqsadida kafe yoniga borgan. U yerda özaro kelişmovçilik sababli yigitlar örtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal vaqtida M. yonidagi yiğma piçoq bilan 3 nafar tengdoşiga jarohat yetkazgan.

“Ikki oşnam bilan hazillaşayotganimda qolganlari kelib, sen bizni ham gapiryapsan, deb aralaşdi. Şundan söng urişib ketdik”, deydi M.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×