Aholi bandligini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar - Prezident qarori loyihasi

Aholi bandligini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar - Prezident qarori loyihasi

Aholi bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik va hunarmandçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinadi.

Prezidentning “Aholi bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik va hunarmandçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tadbirkorlik faoliyatini boşlayotgan işsiz fuqarolarga tadbirkorlik subʼekti sifatida davlat röyxatidan ötgandan söng dastlabki uç oy mobaynida olingan bino va inşootning ijara tölovi hamda hunarmandlarning “Hunarmand” uyuşmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplaş uçun subsidiya ajratiş böyiça yangi mexanizmlarini joriy etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasiga:

tadbirkorlik va hunarmandçilikni rivojlantiriş, aholini tomorqa yer uçastkalari samaradorligini oşiriş hamda qişloq xöjaligi kooperativlari aʼzoligiga badal tölaş, tadbirkorlik va hunarmandçilik bilan şuğullanuvçi şaxslarga bino va inşootlar ijarasi va aʼzolik badallarini tölaş uçun işsiz, kam taʼminlangan va kambağal oilalarga subsidiyalar ajratişni moliyalaştiriş uçun qöşimça 80 milliard söm;

Mahalla guzarlarida taşkil etiladigan kasb - hunarga öqitiş maskanlarini tikuvçilik, oşpazlik, sartaroşlik, elektrik, santexnik yönalişlari böyiça uskuna va jihozlar bilan taʼminlaş uçun 50 milliard söm miqdoridagi mablağlar ajratiladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq özgartirişlar kiritiladi.

Qaror ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining boş vazirining örinbosari J. Qöçqorov zimmasiga yuklanadi.

×