Prezident farmoni: pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça yangi çora-tadbirlar tasdiqlandi

Prezident farmoni: pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça yangi çora-tadbirlar tasdiqlandi

Aholini qöllab-quvvatlaş, iş örinlarini saqlab qoliş maqsadida 2020 yil oxirigaça tadbirkorlik subʼektlari ayrim soliqlardan ozod etiladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik subʼektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subʼektlarini qöşimça ravişda qöllab-quvvatlaş, ularning daromadlarini taʼminlaş, sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxşilanişiga qarab uşbu subʼektlarni jadal qayta tiklaş, şuningdek, iş örinlarini saqlab qoliş maqsadida:

2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar:

  • umumiy ovqatlaniş korxonalari va binolarni ijaraga berişga ixtisoslaşgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni tölaşdan ozod etiladi;
  • jismoniy şaxslar köçmas mulkni ijaraga berişdan olingan daromadlar böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölaşdan ozod etiladi;
  • mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvçi jismoniy şaxslarga soliq maqsadida ijara tölovlarining eng kam stavkalarini qöllaş tartibi töxtatib turiladi;
  • ijaraga beruvçilarga 2020 yil uçun ijara tölovi miqdorini pasaytiriş maqsadida, şu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara tölovini qayta körib çiqiş tavsiya etiladi.

2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalari alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimni tölaşdan ozod qilinadi. 

Prezidentning 2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirişga doir imtiyoz muddati2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi. Umumiy ovqatlaniş korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib beriş orqali sotiş huquqi beriladi.

Umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun kiçik tadbirkorlik subʼektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferentsiyalarni qöllagan holda, ularni kiçik korxonalar toifasiga kiritiş maqsadida 2020 yil 1 iyuldan boşlab umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun belgilangan xodimlarning yillik örtaça soni 25 nafardan 50 nafarga oşiriladi.

Yangi tartibga muvofiq 2021 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalari karantin çeklovlarining bekor qilinişiga qarab Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan örnatilgan joylaştiriş, quriş va foydalaniş böyiça vaqtinçalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman (şahar) hokimliklarini xabardor qiliş orqali isteʼmolçilarga ovqatlaniş xizmatlarini körsatiş uçun özlariga tutaş böş yer uçastkalarida yengil konstruktsiyalarni bepul joylaştiriş va quriş huquqiga ega böladi.

2021 yil 1 iyulga qadar karantin çeklovlarining bekor qilinişiga qarab tadbirkorlik subʼektlariga mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan şartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport töxtaşi taqiqlanmagan joylarni körsatgan holda xabardor qiliş orqali avtodökon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qiliş huquqi taqdim etilişi belgilangan.

Davlat soliq qömitasi özining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali köçma savdoni boşlaş töğrisida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilişni taʼminlaş topşiriq qilingan.

Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda umumiy ovqatlaniş korxonalarida isteʼmolçilarga ovqatlaniş yoki hordiq çiqariş xizmatlarini körsatiş uçun yengil konstruktsiyalarni joylaştiriş, quriş va ulardan foydalaniş böyiça vaqtinçalik talablarni tasdiqlaydi, 2021 yil 1 yanvarga qadar xalqaro tajribadan kelib çiqib, umumiy ovqatlaniş korxonalarining mavsumiy kafelari işlaşi, şuningdek, köçma savdoni amalga oşiriş tartibini tasdiqlaydi.

2020 yilda Davlat soliq qömitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq tölovçilarga soliq hisobotlarini taqdim etiş muddatlarini beş kundan köp bölmagan muddatga keçiktirganlik uçun jarima solinmasligi belgilangan.

Prezidentining 2020 yil 18 maydagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF–5996-son Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferentsiyalari 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan:

a) mol-mulk soliği va yer soliğini tölaşdan ozod qiliş böyiça berilgan imtiyozlar:

  • kiçik tadbirkorlik subʼektlari;
  • bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlaniş korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-soğlomlaştiriş muassasalari, şuningdek, yölovçi taşiş, maişiy xizmatlar körsatiş, binolarni, şu jumladan banketlar ötkaziş uçun ijaraga beriş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar uçun;

b) ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytiriş böyiça mikrofirma va kiçik korxonalar uçun berilgan imtiyozlar (aktsizosti mahsulotlar işlab çiqaruvçilar, davlat korxonalari va ustav jamğarmasida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno);

v) bojxona organlariga murojaat qilgan kungaça bir yildan kam bölmagan muddat davomida taşqi iqtisodiy faoliyatni amalga oşirayotgan mikrofirma va kiçik korxonalarga, keyinçalik keçiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng uluşlarda tölaş şarti bilan, tovarlarni (isteʼmol tovarlaridan taşqari) olib kirişda undiriladigan bojxona boji va aktsiz soliğini tölaş muddatini keçiktiriş taqdim etiş;

g) mikrofirma va kiçik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunçiligini buzganlik uçun hisoblangan jarimalar böyiça mavjud bölgan qarzdorlikni undirişni töxtatiş.

Umumiy ovqatlaniş korxonalari ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini işçilarning sonidan qatʼi nazar qöllaydi.

Vakolatli organlar auditorlar, rieltorlar, baholovçilar, aktuariylar, apteka va ularning filiallari mudirlari, turistik taşkilotlarning işçilari va gidlar (ekskursovodlar), xorijiy tillarga öqituvçilarning 2020 yil 1 martda tugaydigan malakaviy sertifikatlari muddatini navbatdagi malakaviy imtihonlarni ötkaziş sanasiga qadar uzaytiradi.

«Mahalla» xayriya jamoat fondiga, «Saxovat va kömak» fondiga, «Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondiga, şu jumladan ularning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri, tumanlar va şaharlardagi bölinmalariga beğaraz yordam beriş (beğaraz yordam oliş) qismida foyda soliği, qöşilgan qiymat soliği, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça imtiyozlarning amal qilişi 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.

14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa, şuningdek, bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça onalarga beriladigan nafaqalar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini hisoblaşda jami daromadga kiritilmaydi.

×