«Milliy reyestr»ga kiritilgan noyob yozma va toşbosma manbalar milliy boylik sifatida Özbekiston Respublikasining madaniy meros obʼektlari deb eʼtirof etiladi va qonunçilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bu Prezidentning tegişli qarori loyihasida keltirilmoqda.
Qayd etilişiça, 2022/2023 öquv yilidan boşlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida «Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi» bakalavriat taʼlim yönalişida kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi.
Şuningdek, «El-yurt umidi» jamğarmasi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan hamkorlikda 2022 yildan boşlab qölyozmalarni saqlaş va tadqiq etiş bilan şuğullanuvçi ilmiy xodim va restavratorlarning har yili xorijda amaliyot ötaşi va stajirovkasini taşkil etişi közda tutilmoqda.
Hujjat bilan, internet tarmoğida buyuk alloma va mutafakkirlar haqida maʼlumot beruvçi allomalar.uz ilmiy-axborot portali va uning mobil ilovasini işga tuşiriş va uning muntazam ravişda zarur maʼlumotlar bilan boyitib boriş belgilanadi.









