Toşkentdagi Toşturmada boy va puldor mahkumlar, sobiq “organ” xodimlari qiynoqqa solingan

Toşkentdagi Toşturmada boy va puldor mahkumlar, sobiq “organ” xodimlari qiynoqqa solingan

Uşbu jinoyatlar oradan ön yil ötib foş bölmoqda. Sababi, bundan 8-9 yil oldingi sud jarayonlari umuman ommaga oşkor qilinmas va bu boradagi maʼlumotlar sir saqlanar edi. Hozir esa sud tizimida oşkoralik bölayotgani sir emas.

Bundan 9 yil avval 2010 yil 7 sentyabr kuni, Jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudi Isakov Baxadir Taşpulatoviçga nisbatan jinoyat işi körib çiqqan edi. 2006-2009 yillarda 1-sonli tergov hibsxonasi boşliğining tartibot va tarbiyaviy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlagan B.Isakov va uning advokati T.Amanov ana şu jinoyat işi yuzasidan kassatsiya şikoyati berdi va  2019 yil 3 oktyabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi binosida Kassatsiya instantsiyasi sudlov hayʼati Oliy sud Plenumi qarori tuşuntirişlaridan kelib çiqib, birinçi instantsiya sudining ajrimini özgartiriş yoki bekor qiliş uçun asoslar mavjud emas deb hisoblaydi.

“Jahon.uz”axborot portali ixtiyorida bölgan sud hujjatlariga köra, B.Isakov 2006 -2009 yillarda 1-sonli tergov hibsxonasi boşliğining tarğibot va tarbiyaviy işlar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelib, masʼul mansabdor şaxs böla turib, Özbekiston Respublikasi IIVning 045-sonli buyruği talablarini qöpol ravişda buzib, 1-sonli tergov hibsxonasi 4-tartibot binosida 2007-2009 yillarda xizmat olib borgan tezkor vakillar N.Şakirov, R.Rasulov, R.Djumayev hamda nazoratçilar M.Dusov, F.Möminov, Ş.Toşpulatov, Ş.Kurbonov va boşqa xodimlar uyuşgan jinoiy guruh tuzib, uyuşgan guruh manfaatlarini közlab, hibsxonada saqlangan öziga moddiy tomondan töq bölgan mahbuslar B.Toşpulatov, E.Madmarov, J.Normatov va boşqa mahbuslarni, hattoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarida işlagan sobiq xodimlar B.Axunov, M.Teşaboyev, U.Kamolov va boşqa mahbuslarni Özbekiston Respublikasi Jinoyat Ijroiya Kodeksining 58-moddasiga zid ravişda kameralarga joylaştirişib, ularga xizmat yuzasidan biriktirilgan mahkumlar yordamida mahbuslarni qiynoqqa solib, qiynoqqa soliş bilan qörqitib, ğayriinsoniy yoki qadrqimmatni kamsitib, qonunga xilof ravişda jismoniy va ruhiy taʼsir körsatişgan.

Uyuşgan guruh aʼzolari muntazam ravişda tovlamaçilik yöl bilan noqonuniy boylik orttirişni kasb qilib olişib, mahbus va ularning qarindoşlaridan tovlamaçilik yöli bilan pul mablağlarini olib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga köp miqdorda zarar va jiddiy ziyon yetkazilgan.

Şuningdek, u spirtli içimliklarni muassasaga kiritiş taqiqlanganligini bila turib, 2009 yil avgust-sentyabr oylarida qöl ostidagi nazoratçilari B.Medetov, K.Adilbekov, A.Xusanov va A.Xolikovlarni xizmatdan çetlaştiriş bilan qörqitib, ularga muassasa hududiga spirtli içimliklarni olib kirişlari hakida noqonuniy buyruqlar bergan.

Öz navbatida nazoratçi B.Medetov, K.Adilbekov, A.Xusanov va A.Xolikovlar muassasa boşliğining örinbosari B.Isakovni buyruğini bajarmasa ularni bironbir sabab bilan işdan böşattirib yuborişlaridan qörqib, B.Isakovning noqonuniy buyruği bilan majbur bölib, uning uçun 1- sonli tergov hibsxonasi hududiga spirtli içimliklarni olib kirib B.Isakovga berişgan.

×