Karantin tugagandan söng voyaga yetmaganlar masjidga kelişiga tösqinlik qilinmaydi — IIV

Karantin tugagandan söng voyaga yetmaganlar masjidga kelişiga tösqinlik qilinmaydi — IIV

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi vatandoşlarimizni va yurtimiz mehmonlarini muqaddas Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi.

Maʼlumki, sönggi yillarda Özbekistonda eʼtiqod erkinligini taʼminlaş masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Respublika Hukumatining diniy bağrikenglikni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilgan saʼy-haraktlari mamlakatimizda tinçlik, konfessiyalararo totuvlik va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlanişida muhim omil sifatida xizmat qilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan ham mömin-musulmonlar ibodatlarini ado etişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, respublikamiz hududidagi masjidlarda fuqarolar tomonidan jamoa namozlari öqilişi jarayonida xavfsizlikni taʼminlaş, masjidlar yonida va ularga tutaş avtoturargohlarda maşinalarning tartibli harakatlanişini taşkil etişda içki işlar organlari xodimlari öz vakolatlari doirasida xizmat qilib kelmoqdalar.

Albatta, dunyo miqyosida kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi şaroitida Özbekistonda ham boşqa davlatlardagi kabi namozlarni masjidlarda jamoa bilan öqişda çeklovlar joriy qilindi. Bu çeklovlarning barçasi vaqtinça örnatilgan bölib, mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalişining xavfi kamayişi bilan ularni bosqiçma-bosqiç yeçiş közda tutilgan.

Jumladan, karantin çoralari bekor qilinganidan söng Özbekistondagi barça masjidlarda fuqarolarning heç qanday çeklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etişlari uçun zarur şart-şaroitlar taʼminlanadi.

Şu örinda, Içki işlar vazirligi masjidlarga voyaga yetmagan fuqarolar va bolalarning öz ota, aka-uka va yaqin qarindoşlari hamrohligida namoz öqiş uçun erkin kelib-ketişlari mumkinligini eslatib, bunga qonunçiligimizda heç qanday taqiqlar mavjud emasligini alohida taʼkidlaydi.

Vazirlik vatandoşlarimizning din erkinligi sohasidagi huquqlarini himoya qilişda hamda uşbu yönalişda biror bir qonunga zid tösiqlar va sunʼiy çeklovlar örnatilişiga qarşi kuraşişda davom etadi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi yana bir bor barça yurtdoşlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan tabriklab, xonadonlariga tinçlik, xotirjamlik va fayzu-baraka tilab qoladi.

IIV Axborot xizmati

×