Koronavirus heç qaçon yöq qilinmaydi, vaktsina qilingan taqdirda ham u mavsumiy kasallik sifatida saqlanib qoladi, deb hisoblaydi Angliya boş vraçining örinbosari Jonatan Van Tam. RIA Novosti xabariga asosan.
Buyuk Britaniya çorşanba kuni koronavirusga qarşi vaktsinani sertifikatladi.
Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi Pfizer va BioNTech kompaniyalari yaratgan vaktsinadan foydalanişga ruxsat olganini maʼlum qildi. Keyingi haftda vaktsinani Buyuk Britaniyada olsa böladi.
Ommaviy emlaş 2021 yilning bahorida boşlanadi, may oyida aholining eng zaif toifalari, şifokorlar, ijtimoiy işçilar va qariyalar vaktsinani oladi.
“Koronavirus heç qaçon yöq qilinmaydi, deb öylayman, u mavsumiy muammo bölib qolişi mumkin deb öylayman … biz örgangan odatlar – niqob va sanitayzerlar – saqlanib qolinişi mumkin”, – dedi Van Tam çorşanba kuni brifingda.
Mutaxassisning fikriga köra, ventilyatsiyasi yomon bölgan xonalar, odamlar ziç joylaşgan xonalar eng xavfli bölib qolmoqda.









