Ana xolos! Koronavirusga çalingan öquvçi uxlayotganida vafot etdi

Ana xolos! Koronavirusga çalingan öquvçi uxlayotganida vafot etdi

Töqqiz yoşli amerikalik Kimora Linum uyquda koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Mirror naşriga tayangan holda xabar bermoqda.

Ölimidan bir neça kun oldin uning harorati 37,7 darajagaça kötarilgan. Kasalxonada qizni şifokorlar körib, oddiy ÖRVI bilan kasallangan deb hisoblaşib öz uyida davolanişga jönatib yuborişgan. Şuningdek, unga COVID-19 ga test topşirişni aytişmagan.

Ikki kundan keyin qiz özini yaxşiroq his qilgan. Oxirgi kun keçki payt u köçada döstlari bilan öynagan, biroq uyga qaytgaç, qattiq çarçoqdan şikoyat qilgan. Keyin u uyquga ketib, qaytib uyğonmagan.

Vafotidan keyin undan koronavirusga test olingan. Şunda unda koronavirus borligi aniqlangan.

AQŞda epidemiya boşlangandan beri 4,2 milliondan ziyod kişi koronavirus bilan kasallangan. 148 mingdan ortiq kişi vafot etgan.

×