13-ölim! Koronavirusga çalingan samarqandlik erkak vafot etdi

Samarqandlik fuqaro I. (erkak) şu yilning 14 may kuni oğir ahvolda  Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqiziladi. Ötkazilgan diagnostik tahlillardan söng bemorda “COVID-19” infektsiyasi ham aniqlangan.
 Şundan keyin bemorga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga ötkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar tsirrozi taşxisi bilan davolanib kelgan. Bundan taşqari, unda semizlik, anemiyaning oğir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bölgan.
Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam körsatilgan. Vazirlikning turli yönalişlari böyiça boş mutaxassislari va Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham  ötkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan. Biroq körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va ötkir nafas  yetişmovçiligidan vafot etgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi 
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×