YTH oqibatida 2 nafar öquvçi qiz vafot etdi

YTH oqibatida 2 nafar öquvçi qiz vafot etdi

Qaşqadaryoda 18 sentyabr kuni Lacetti va Nexia iştirokida YTH sodir böldi. Bu haqda viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, şu kuni soat 17:20 atrofida Şahrisabz tumani hududidan ötgan yölda Lacetti öz yönalişida harakatlanib kelayotgan Nexia'ning yöliga çiqib ketib, u bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida Nexia'da bölgan 2 nafar voyaga yetmagan qiz oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.

Holat böyiça tuman IBB huzuridagi tergov bölimi tomonidan JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

×