Farğona viloyati Yozyovon tumanida yaşovçi, Umra safarida bölib qaytgan 59 yoşli fuqaro N.da joriy yil 25 mart kuni koronavirus infektsiyasi tasdiqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan edi. Bemor (ayol) şu yili 31 mart kuni sunʼiy nafas oliş apparatiga ulangan. Bemorda öpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqiç, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf öta yuqori bölganligi sababli kasallik oğir keçib, u 12 kun davomida sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan.
Davolaniş davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev rahbarligida Soğliqni saqlaş vazirligi boş pulmonologi, professor I.Liverko, yetakçi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov iştirokida bir neça bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan taşqari, davolaş standartlariga muvofiq, virusga qarşi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.
Ammo joriy yil 11 aprel kuni keçki payt bemorning ahvoli keskin yomonlaşa boşlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan ötkazilgan şoşilinç reanimatsion muolajalar körsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan çora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da ötkir respirator disstres sindrom, ötkir nafas yetişmovçiligi hamda öpka-yurak yetişmovçiligi natijasida biologik ölim qayd etildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.









