14-ölim! Koronavirusga çalingan samarqandlik erkak vafot etdi

14-ölim! Koronavirusga çalingan samarqandlik erkak vafot etdi

Samarqandlik I. şu yilning 19 may kuni viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida oğir ahvolda  yotqizilgan. Ötkazilgan  tahlillar natijasida unda “Covid-19” infektsiyasi  tasdiqlangan. Paxtaçi tumanida yaşovçi  63 yoşli (erkak) uşbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironligi bölib, surunkali buyrak yetişmovçiligi va anemiya oğir darajasi  taşhisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017 yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Şu yilning 25 may kuni bemorning  ahvoli yomonlaşgan, burundan va içki qon ketiş belgilari paydo bölgan va reanimatsiya bölimiga olingan. Bölimda bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam körsatilgan.  

Bundan taşqari, vazirlikning turli yönalişlar böyiça boş mutaxassislari va Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi xodimlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham ötkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan.

Biroq körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan bemor ötkir nafas va yurak  qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×