Farğona viloyati Oltiariq tumanida uç nafar fuqaro aloqa kompaniyasi ofisiga hujum uyuştirib, şoxobça xodimiga tan jarohati yetkazişadi. U yerdan 5 million sömni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşirinişadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Farğona viloyatida 2022 yil 19 fevral kuni soat 00:17 da nomaʼlum şaxslar yuziga niqob taqib, piçoq bilan qurollanib, Oltiariq tumani Özbekiston köçasida joylaşgan uyali aloqa kompaniyasi dilerlik şoxobçasiga ğayriqonuniy ravişda kirişadi.
U yerda bölgan 21 yoşli T.Z.ga hujum qilib, unga piçoq tirab qörqitişadi va tan jarohati yetkazib, şoxobçada bölgan 5 million söm pullarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşirinişadi.

Natijada T.Z. burun suyagining yopiq sinişi, burun sohasida şilingan jarohati bilan Oltiariq tuman tez tibbiy yordam markaziga murojaat qiladi.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan nomaʼlum şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Oltiariq tumanida yaşovçi 31 yoşli A.X., 30 yoşli E.O. va M.A.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan mazkur jinoyatni sodir etişda foydalangan narsa va buyumlar hamda jinoiy yöl bilan qölga kiritgan pullar evaziga sotib olingan buyumlar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Hozirda yuqoridagi şaxslar jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlanişgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.









