Özbekiston Içki işlar vazirligida 17 yanvar kuni vazir Pölat Bobojonovning AQŞ elçisi Daniel Rozenblyum bilan uçraşuvi bölib ötdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Uçraşuv çoğida taraflar özaro hamkorlikka doir masalalarni muhokama etib, Özbekiston ekspertlarining AQŞga tanişuv taşrifini taşkil etiş borasida kelişib olgan.
«Bu kabi taşriflardan közlangan maqsad AQŞning huquq-tartibotni saqlaş, uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş, odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarni oçiş borasidagi iş uslubini örganişdan iborat bölib, ekspert-kriminalistik bölinmalari uçun kadrlarni tayyorlaş, sohani zamonaviy jixozlar bilan taʼminlaşga kömaklaşiş kabi masalalarni hal etişdir», — deyiladi vazirlik axborotida.
Uçraşuv yakunlariga köra, elçi Rozenblyum Amerika diplomatik missiyasi nomidan Özbekiston IIV bilan hamkorlikni rivojlantirişga öz hissasini qöşişini taʼkidlab ötgan.









