Rossiyada öquvçi qiz bilan jinsiy aloqa qilgan özbekistonlik jazolandi

Rossiyada öquvçi qiz bilan jinsiy aloqa qilgan özbekistonlik jazolandi

Rossiyaning Tula viloyatida öquvçi qiz bilan jinsiy aloqada bölgan özbekistonlik taksi haydovçisi 400 soatlik jamoat işlariga hukm qilindi. Bu haqda “Tulapressa” xabar berdi.

Sud hujjatiga köra, voqea joriy yilning may oyida sodir bölgan. Erkak qizni maşinasiga mindirgan va ular yölda tunda uçraşişga kelişib olgan. Şundan söng erkak va qiz özaro kelişuv asosida ijaradagi kvartirada bir neça marta jinsiy aloqada bölgan. Biroq keyinroq maʼlum bölişiça, qiz 16 yoşga tölmagan. Bu esa jinoiy javobgarlikka sabab böladi.

Qiz soğliğining keskin yomonlaşişini his qilmagunça sodir bölgan voqea haqida heç kimga aytmagan. Şifokorga borgan maktab öquvçisi oxir-oqibat onasiga nima bölganini aytib bergan.

Taksi haydovçisi sudda aybini tan olgan. Şu tariqa sud uni aybdor deb topgan va 400 soatlik jamoat işlariga hukm qilgan.


Teglar:
×