Joriy yilning 26 iyul kuni Namanganda Damas rusumli tez yordam maşinasi va Cobalt töqnaşuvi natijasida bir odam halok böldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Namangan şahrida yaşovçi fuqaro Cobalt rusumli avtomaşinasini (maxsus stiker bölgan) Olmazor köçasida boşqarib ketayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay qarama qarşi tomondan kelayotgan Damas rusumli tez yordam maşinasiga borib urilgan.

Natijada Cobalt haydovçisi kökrak qafasi yumşoq töqimasi lat yeyişi bilan şikastlangan. Tez yordam haydovçisi esa oğir qöşma şikast, boş miya yopiq şikasti, öng oyoq son suyagini yopiq sinişi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Tez yordam avtomaşinasida yölovçi sifatida ketayotgan fuqaro esa oğir tan jarohati olib körsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay şifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.









