Ijtimoiy tarmoqlarda Yöl-patrul xizmati maşinasi Spark'ni quvib ketayotgan vaqtda Gentra'ni urib, ağdarib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Uşbu holat yuzasidan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 4 mart kuni soat 23:00 larda Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YHXB YPX inspektori A.R. Spark rusumli avtomobil haydovçisiga xuştak va jezl orqali “töxtaş” işorasini bergan. Biroq Spark haydovçisi YPX inspektorining töxtaş işorasiga böysunmay harakatni davom ettirib, yöl harakati qoidalarini buzgan. Jumladan tezlikni belgilangan meʼyordan oşirib, svetoforning qizil çiroğiga rioya etmagan.
YPX inspektori öziga biriktirilgan Lacetti rusumli, xizmat maşinasida Spark'ni kuzatib borayotgan vaqtida, 1995 yilda tuğilgan M.M. boşqaruvidagi Gentra bilan töqnaşgan. YTX oqibatida Gentra'ning yölovçisi 1997 yilda tuğilgan F.A. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB rahbariyati nazorati ostida tekşiruv ötkazilmoqda. Şu bilan birga, Spark'ning haydovçisi qayerda ekanini aniqlaş çoralari körilmoqda.









