Isroil harbiylarining qamal ostidagi Ğazo sektorining markaziy qismidagi gumanitar yordam tarqatiş punktiga uyuştirgan hujumi oqibatida kamida 12 falastinlik halok böldi, 90 nafari yaralandi. Bu haqda bugun, 2 avgust kuni “Anadolu” xabar berdi.
Hujumning maqsadi yana oğir inqiroz şaroitida yordam olişga urinayotgan tinç aholi böldi. Hujum Netzarim koridori yaqinida, tinç aholi yordamni kutayotgan hududda sodir böldi. Mahalliy manbalarga köra, Isroil askarlari olomonga qarata öt oçgan va önlab odamlar öq ostida qolgan.
Qattiq qamal va Isroilning doimiy öqqa tutişi ostida bölgan Ğazo sektori çuqur gumanitar falokatni boşidan keçirmoqda. Anklav oçarçilik yoqasida, suv, dori-darmon, tibbiy asbob-uskunalar va gigiyena vositalarining keskin tanqisligi bor.
Bolalar, ayniqsa, oğir zarar körmoqda, kundalik hisobotlar oçlikdan ölim köpayişini körsatmoqda.
2023 yil 7 oktyabrdan beri mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga köra, Ğazoda 162 kişi oçlikdan vafot etgan, ulardan 92 nafari voyaga yetmaganlardir. Mahalliy va xalqaro gumanitar taşkilotlar Isroilni oçlik va taşnalikdan eksklavning tinç aholisiga qarşi “qurol” sifatida foydalanganlikda ayblamoqda.









