YTH natijasida 22 yoşli haydovçi vafot etgan. Uning tengdoşi bölgan yölovçisi esa oğir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.
28 yanvar kuni soat 04:10 larda Angor tumani M-39 xalqaro avtomobil yölining 1433-kilometrida Spark va tez yordam maşinasi özaro töqnaşdi. Bu haqda Viloyat IIB YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanişiça, tez yordam maşinasi öz yönalişi böyiça harakatlanib ketayotgan bölgan. Spark haydovçisi yöl qoidasini qöpol ravişda buzib, qarama-qarşi yönalişga çiqib harakatlanişi natijasida avtomaşinalar töqnaşib ketgan.
Oqibatda Spark'ning 22 yoşli haydovçisi voqea joyida olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan. Tengdoşi bölgan yölovçisi esa oğir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.










