Keça Qozoğistonda ötkazilayotgan "Prezident kubogi" musobaqasida yarim final janglari taşkil etildi.
Unda 6 nafar boksçimiz ringga kötarildi (Mirzahalilov jang ötkazmadi) va afsuski, heç bir sportçimiz final yöllanmasini qölga kirita olmadi.
-52 vaznli Foziljon Abdumurodov yarim finalda mezbonlar vakili Saken Bibosinovga, Fazliddin Meliboyev (-69 kg) Ablayxan Jusupovga, -75 kg vaznli boksçimiz Rajabboy Atanazarov Tursunbay Qulaxmetga, 75 kg vazn toifasidagi yana bir boksçimiz Odiljon Aslanov esa yarim finalda rossiyalik Vadim Tukovga, Akmalbek Qosimov (-81 kg) qozoğistonlik Yerik Aljanovga, mazkur vazndagi yana bir hamyurtimiz Kozim Mardonov esa yarim finalda mezbonlar vakili Bekzat Nurdauletovga qarşi jang qildi va imkoniyatni boy berdi.
-57 kg vazn toifasida yurtimiz şarafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzahalilovga terma jamoamiz boş murabbiylari dam oliş imkonini berişga qaror qilişdi. Qayd etiş lozimki, Miraziz bu yil hisobidan köplab janglarda iştirok etdi. Hususan, "Prezident kubogi" turnirida ham ikkita qiyin jang ötkazdi. Şu sababli Mirzahalilov yarim finalda Ilyas Suleymanovga qarşi jangda iştirok etmadi.









