Rossiyada özbekistonliklar oğir şaroitda uşlab turildi (video)

Rossiyada özbekistonliklar oğir şaroitda uşlab turildi (video)

10 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva şahri Kommunarka posyolkasi hududida ötkazilgan reyd davomida qölga olingan Özbekiston va Tojikiston fuqarolarining politsiya bölimida bir sutkadan ortiq uşlab turilgani aks etgan videolar tarqaldi. Maʼlum bölişiça, uşlanganlardan 7 nafari Özbekiston fuqarosi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar izohida qölga olinganlar orasida ayollar ham borligi, ular bir sutkadan köp vaqt davomida örindiqsiz xonadagi sovuq kafel pol ustida ötiriş va uxlaşga majbur bölgani yozilgan. Şuningdek, bunday oğir şaroit tufayli ulardan birining soğliği keskin yomonlaşib, tili orqaga ketişi oqibatida huşini yöqotgani ham aytilgan. 

TIV voiziga köra, Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasi Konsullik bölimi xodimlari Moskva şahridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi vakillari bilan birgalikda Moskva şahri “Kommunarskiy” Içki işlar vazirligi bölimiga çiqib, voqea tafsilotlarini örganiş hamda fuqarolarga zarur yordam körsatiş çoralarini körgan.

Rossiya tomoni bilan ötkazilgan uçraşuvda aniqlanişiça, “Kommunarka-1” boğdorçilik notijorat şirkati hududidagi xostelda ötkazilgan reyd tadbirlari natijasida politsiya bölimiga jami 32 nafar xorijiy fuqaro olib borilgan bölib, ularning 7 nafari Özbekiston fuqarolari bölgan.

Ötkazilgan muzokaralar natijasida 6 nafar Özbekiston fuqarosi ozod qilingan. Yana bir fuqaroga nisbatan migratsiya qonunçiligi talablarini buzgani sababli Rossiya Federatsiyasi hududidan çiqarib yuboriş böyiça belgilangan tartibda qaror qabul qilingan.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kommunarskiy” Içki işlar vazirligi bölimida fuqaro vafot etgani haqidagi maʼlumot öz tasdiğini topmagan.


×