Ijtimoiy tarmoqlarda keça, 12 dekabr kuni Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “UzAuto Motors” AJ Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, voqea Rossiyaning Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib ötiş vaqtida yuz bergan. Barça taşilgan avtomobillar suğurtalangan bölib, ular rossiyalik mijozga tegişli bölgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, yonğin Rossiya avtomobil taşuvçisiga tegişli avtotreylerning salonida sodir bölgan. Keyin yonğin avtomobillar bölgan treylerga ötgan. Oqibatda 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar körgan. Heç kim jabrlanmagan.
Xabarga köra, hozirda zaruriy yonğin-texnik ekspertizasi ötkazilib, yonğinning kelib çiqiş sabablari örganilmoqda.









