Sankt-Peterburgda işga joylaşmoqçi bölgan erkak halok böldi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, «78.ru» xabar berdi.
Köngilsiz hodisa 27-fevra kuni Sofiya köçasidagi texnik xizmat körsatiş stantsiyasida sodir bölgan. 64 yoşli Özbekiston fuqarosi novvoy bölib işga joylaşiş uçun kelgan, biroq özini yomon his qilgan va vafot etgan.
Tez yordam xizmati xodimlari çaqiruvga vaqtida yetib kelişga ulgurmagan — erkak ular yetib kelişidan sal oldin vafot etgan. Ölim sababini aniqlaş uçun marhumning jasadi morgga yuborilgan. Şuningdek, huquq-tartibot organlari tomonidan ham suriştiruv işlari ötkazilmoqda.









