Namangan viloyatida IJ-2715 rusumli avtomaşina beton tösiqqa urilişi oqibatida undagi yölovçi vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV.
Maʼlum qilinişiça, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 11:00 larda Pungon–Namangan–Andijon yölining 95-kilometrida IJ-2715 rusumli avtomaşinani boşqarib borayotgan haydovçi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay yöl çetidagi beton tösiqqa urilgan.
Natijada avtomaşinada bölgan yölovçi oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan.
Uşbu holat böyiça tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan 2020 yil 20 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.









