Namanganda uzum pişdi...

Namanganda uzum pişdi...

Töraqörğon tumanining Mozorköhna qişloğida yaşovçi Ikromjon ota Abdusalomov yarim asrdan beri tomorqasida uzum yetiştiriş barobarida uzumlarning yangi navlarini yaratiş ustida ham izlanişlar olib boradi.


U nodir uzumlarning bir neça navini payvandlaş usulida köpaytirib, hudud şaroitiga moslaştirib yuqori möl hosil olmoqda.Mirişkor boğbon tajriba-sinov maydoniga aylantirgan tomorqasida nodir uzumlarni özaro payvandlaş yöli bilan ulardanda nodirroq köplab yangi navlarni yaratgan. Ayni paytda yetmiş yoşini qarşi olayotgan izlanuvçan sohibkorning tokzorida qirqdan ziyod sarxil uzum navlarini parvarişlanmoqda.

Mahalliy va xorijiy davlatlaridan keltirib östirilayotgan ertapişar va serhosil navlar birin-ketin meva bermoqda. Yaqinda uning «kollektsiyasi»dan kunçiqar mamlakat - Yaponiyadan yuborilgan yangi nav ham ӯrin oldi.


Şu kunlarda Ikromjon ota mehnati samarasi – mavsumning ilk hosili yurtimiz bozorlari orqali yurtdoşlarimiz dasturxoniga yetib bordi.

×