Ravşan Ermatov Namanganda (foto)

Ravşan Ermatov Namanganda (foto)

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi-vitse prezidenti Ravşan Ermatov, MOQ boş kotibi Oybek Kasimov, şuningdek, bir qator mutasaddi va mutaxassislar Namangan viloyatiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖFA xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, safar davomida hududlarda futbol bilan muntazam şuğullaniş, soğlom turmuş tarzi hamda sportni aholi örtasida keng tadbiq etiş hamda futbol ommaviyligini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirilgan.

Mutaxassislar Namangan şahri, Töraqörğon, Çust, Pop, Kosonsoy, Uyçi va boşqa tumanlarda sportga va hususan futbolga yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Yoş futbol tarbiyalanuvçilarining maşğulot jarayonini kuzatiş barobarida, joylarda bolalar-ösmirlar futboliga bölgan eʼtibor hamda imkoniyatlarni közdan keçirgan. Infratuzilmaning talab darajasiga mos kelişi borasida takliflar bildirilgan.

Ravşan Ermatov Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Şavkat Abdurazakovga viloyatda futbolni rivojlantirişda amalga oşirayotgan işlari uçun ÖFAning taşakkurnomasi va esdalik sovğalarini topşirdi.

Şuningdek viloyat futbol assotsiatsiyasi moddiy texnik bazasini yaxşilaş va uning faoliyatini OAVda keng yoritilişini taʼminlaş maqsadida ÖFA tomonidan texnik jihozlar va zarur öquv qöllanmalar taqdim etildi.

Bundan taşqari, Ravşan Ermatov taşrifi arafasida Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati hamda “Kosonsoyliklar” kanali taşabbusi bilan, joriy yilning 20 yanvar kuni “Sportni sev, sport bilan yaşa!” şiori ostida, 30 yoşgaça bölgan yoşlar orasida, janglyor böyiça tuman birinçiligi bölib ötgan.

Ravşan Ermatov mazkur tadbirni oçib berib, musobaqa iştirokçilariga omad tilagan.

Ğoliblar bilan tanişing:

1-örin: Muminov Muzaffar – 980ta

2-örin: Ibrohimxonov Akbarxon – 427ta

3-örin: Karimov Behruzjon – 417ta

Foto: Kosonsoyliklar telegram kanali
Foto: Kosonsoyliklar telegram kanali
Foto: Kosonsoyliklar telegram kanali

Musobaqa yakunlariga köra ğoliblarga taşkilotçilarning esdalik sovğalari va taşakkurnomalari topşirilgan.

×