Namanganda Yöl nega tösilgandi?

Namanganda Yöl nega tösilgandi?

2019 yil 3 dekabr kuni Namangan viloyati Namangan tumani xududida Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi hodimlarining xizmat jarayoni nomaʼlum şaxs tomonidan tasvirga olinib telegram ijtimoiy tarmoğining “Andijonliklar” kanali orqali tarqatib yuborilgan. Xöş aslida mazkur xududda YPX inspektorlari nima sababdan bu holatda xizmat olib borayotgan edi. Tasvirga olingan vaqtdan avvalroq aniqroği, 09:35larda Namangan tumani Toşbuloq mahallasida yaşovçi, haydovçilik bilan şuğullanuvçi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, “Damas” rusumli, oq rangli davlat raqami 10 U 351 MA bölgan avtomaşinani Namangan viloyati Mingbuloq tumani xududida işonç qoğozi orqali boşqarib borayotib, avtomaşinadan tuşgan vaqtda notaniş yölovçi avtomaşinani olib qoçib ketganligini maʼlum qilib çora körişni söragan. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi tomonidan tezkor reja xarakatga keltirilib, viloyat xududi böyiça suriştiruv-tekşiruv işlari olib borilgan. Viloyat Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi hodimlari avtomaşina olib qoçilgan Mingbuloq tumaniga qöşni bölgan Namangan tumani xududida qidiruvdagi avtomaşinaga öxşaş bölgan oq rangli “Damas” avtomaşinasini tekşirayotgan vaqtida nomaʼlum şaxs ularning xizmatiga va maxsus rejaning davomiyligiga xalaqit berib xodimlarni tasvirga olgan. Hodimlarning bir neça marotaba ogohlantirişi, bu reyd emas maxsus tadbir ekanligi haqidagi tuşuntirişlariga qaramasdan tasvirga olişni davom ettirgan. Aslida mana şunday tadbirlar davomida xuquqni muhofaza qiliş organlariga kömaklaşiş, vaziyat yuzasidan bilgan maʼlumotlari haqida xabar beriş mulkidan ayrilgan zamondoşimizning, hamda uni topişga kirişgan xodimlarning muşkulini oson qilardi, qolaversa bu xar birimizning fuqarolik burçimizdir.

Takidlaş joizki tezkorlik bilan amalga oşirilgan tadbirlar natijasida qidiruvda bölgan “Damas” avtomaşinasi Içki işlar boşqarmasi hodimlari tomonidan topilib mulk egasiga qaytarilgan. Hamda mazkur jinoyatni sodir etgan şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 267 moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×