Habib va Getji örtasidagi jang qaçon bölişi eʼlon qilindi

Habib va Getji örtasidagi jang qaçon bölişi eʼlon qilindi

UFC prezidenti Dana Uayt yengil vazn toifasidagi çempion Habib Nurmagomedov va  Jastin Getji örtasida jang qaçon bölib ötişini va qayerda bölişini maʼlum qildi.

“Barça yirik musobaqalar va janglar Abu-Dabidagi “Jangçilar oroli”da bölib ötadi. Endi bu janglarning yangi poytaxti böladi. Bu yerda oktyabr oyida Habib va Getji örtasida jang böladi”, – deydi Uayt.

Dastlab Habib va Getji örtasidagi jang 2020 yil sentyabr oyida bölib ötişi kerak edi. Ammo Xabibning otasi vafoti munosabati bilan UFC jangni oktyabr oyiga qoldirganini eʼlon qildi.

Maʼlumot örnida, 31 yoşli rossiyalik jangçi 28 ta jang ötkazgan, ularning barçasida ğalaba qozongan. Getjining 24 ta jang ötkazib, 22 ta ğalaba va 2 marotaba mağlubiyatga uçragan.

×