Yengil vazn toifasida UFC çempioni Habib Nurmuhamedov va Jastin Getji örtasidagi jang kelişilgan bölişi mumkin. Rossiyalik sobiq MMA yulduzi Oleg Taktarov şunday fikr bildirgan.
Oleg Taktarov Habibning ham, Getjining ham menejeri Ali Abdel-Aziz ekanligiga şaʼma qilgan.
"Hozir heç kim u jangni esga olmayapti. Çunki Nurmuhamedov va Getji örtasidagi jang kelişilgan ekanligi aniq. Bu oçiq-oydin körinib turibdi. Lekin, mening fikrimça, bu normal holat. Imkoniyat bölsa, harakat qilib, pul işlab olinsa albatta, yaxşi. Habib faoliyatini tugatdi, endi u vazn qilişdan töxtaydi va salomatligini saqlaydi. Şuningdek, u yaxşigina pul ham işlab oldi. Men uning uçun xursandman", degan Oleg Taktarov.
Eslatib ötamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da ötkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuç sinaşdi va 2 raunddayoq ğolib böldi. Ğalabasidan söng Habib öz faoliyatini tugatgani haqida eʼlon qildi.
Keyinroq, UFC Prezidenti Dana Uayt Habib otasi uçun oktagonga qaytişi va 30-ğalabasini ham qölga kiritişi mumkinligini aytgandi.









