Rossiyalik Habib Nurmuhamedov Abu Dabida bölib ötadigan Mutlaq janglar çempionati (UFC) doirasida amerikalik Jastin Getji bilan jang qiladi. Bu haqda MMA Fighting taşkilot rahbari Deyna Uayt maʼlum qildi.
Funktsionerning sözlariga köra, uşbu jangni taşkil qiliş uçun BAA bilan beş yillik şartnoma tuzilgan. Sportçilarning uçraşuvi sentyabr oyida Abu-Dabida joylaşgan "Janglar oroli”dagi qator musobaqalardan söng bölib ötadi.
Getji yengil vazn böyiça UFC vaqtinçalik çempioni unvoniga ega. May oyida u hamyurti Toni Fergyusonni texnik nokaut bilan mağlubiyatga uçratdi. Nurmuhamedov uçraşuv natijalariga izoh berib, MMA’da har doim ğalabaga taşna jangçilar bölişini aytdi. Getjining aytişiça, u "Habib bilan uçraşuvni toqatsizlik bilan kutmoqda”.
Nurmuhamedov vazn toifalarini hisobga olmaganda UFC eng yaxşi jangçilari reytingida ikkinçi örinni egalladi. U ikki marta çempionlik kamarini himoya qildi. Rossiyalikning hisobida 28 ğalaba bor. U bir marta ham mağlubiyatga uçramagan.
Getji esa 24 ta jang ötkazib, 22 tasida qöli baland kelgan. Faqatgina ikkita jangda mağlub bölgan.









