Keça, 22 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, viloyat, tuman, şahar kengaşlari deputatligiga saylovlar bölib ötdi.
Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomov bugun, 23 dekabr kuni soat 14:00 da ötkazilgan matbuot anjumanida saylov natijalarini eʼlon qildi.
Qonunçilik palatasida örinlar quyidagiça taqsimlandi:
Liberal-demokratik partiyasiga 43 örin;
“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasiga 35 örin;
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 21 örin;
Xalq demokratik partiyasi 18 örin;
Ekologik partiya 11 örinni egalladi.
22 ta saylov okrugida heç bir nomzod 50 foizdan köp ovoz töplay olmagan, şu sababli takroriy ovoz beriş ötkaziladi.









