Joriy yilning 12-20 iyul kunlari Xitoyda bölib ötgan “Ötkir tiğ-2025” xalqaro snayperlar musobaqasida Özbekiston Milliy gvardiyasi merganlari ğoliblikni qölga kiritdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Snayperlar musobaqasi Urumçi şahrida taşkil qilindi. Unda 25 ta davlatning vakillaridan iborat 45 ta jamoa iştirok etdi. Bellaşuvlar 4 yönalişda bölib ötdi va har bir yönaliş böyiça örinlar alohida belgilandi.
Musobaqada Xitoy, Vetnam, Janubiy Koreya, Belarus, Rossiya, Ispaniya, Liviya, Qirgiziston, Qozoğiston, Indoneziya, Vengriya, Kuba singari davlatlar iştirok etgan.
Bellaşuvlarning eng murakkabi yuqori jangovar şaylik va mohirlikni talab qiluvçi 2 ta şarti böyiça, xususan majmuaviy merganlar maşqi (1200 metr masofada joylaşgan 7 ta öq otiş pozitsiyasida har xil masofada joylaşgan 24 ta nişonni tezkorlik bilan yöq qiliş) va şahar şaroitida baland binodan otiş maşqi (merganlar juftligida 100-650 metrgaça bölgan 6 ta nişonni tezkorlik bilan yöq qiliş) şartlari böyiça Özbekiston snayperlari rekord natijalar bilan 1-örinni egallagan holda mutloq ğoliblikni qölga kiritdi.
Qolgan yönalişlar (yakkalik hamda ekstremal merganlik maşqlari)da ham ular sovrinli örinlarni qölga kiritib, musobaqa yakuniga köra, 8 ta medal, 10 ta diplom va qimmatbaho sovğalar, şuningdek, eng murakkab yönalişlarda ğalaba qozongan jamoa sifatida tezkor texnik va taktik yönalişi böyiça musobaqa kubogi sohibiga aylandi.









