Özbekistondagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib, Respublika maxsus komissiyasi dexqon bozorlarida dizenfektsion holatni yanada kuçaytirişga qaratilgan qöşimça çoralarni belgiladi.
Xususan, dehqon bozorlarida, şu jumladan bozor hududidan taşqarida joylaşgan yirik oziq-ovqat dökonlarida savdo ijtimoiy masofa (2 metr) saqlagan holda “zigzag” tartibi (quvurlar, bantlar va boşqa şu kabi tösiqlar orqali) taşkil etiladi.
Har bir bozorga kirişda “dezinfektsiya tunneli” va sanitariya postlari, dezinfektsiya guruhlari taşkil etilib, ular bozor hududida karantin çoralari talablariga rioya etilişini taʼminlab boradi.
Bundan taşqari, nooziq-ovqat buyumlar (kiyim-keçak, xöjalik mollari, köçatlar, uruğlar) savdosiga sayyor savdo nuqtalari orqali sanitariya-gigiyena talablariga töliq rioya qilingan holda taşkil etişga ruxsat beriladi. Bunda ijtimoiy masofa (2 metr) saqlanişi hamda boşqa sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilişi majburiydir.
“Yuqorida bayon etilgan tartiblar bir tomondan koronavirus infektsiyasining keng tarqalişining oldini olişga, boşqa tomondan esa karantin davrida fuqarolarimizning soğliği hamda ijtimoiy muhofazasini qatʼiy taʼminlaşga qaratilganligi bilan eʼtiborlidir.
Fuqarolarimizdan uşbu tartiblarga ongli ravişda, vaziyatni töğri tuşunib, oğişmay amal qilişlarini söraymiz”, deyiladi komissiya axborotida.
Manba: Kun.Uz









