Özbekistonda qarz muddatini buzganlik uçun javobgarlik bekor qilinmoqda

Özbekistonda qarz muddatini buzganlik uçun javobgarlik bekor qilinmoqda

Özbekistonda şartnomaviy munosabatlarda qarzdorlik muddatini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş töğrisida” qonun loyihasida közda tutilgan.

Loyihada quyidagi özgartirişlar nazarda tutilmoqda:

•    debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini ötkazib yuborganlik;
•    korxonalarning hisobvaraqlarida tegişli mablağlar bölgan holda tölovlarni amalga oşirişning belgilangan muddatlarini buzganlik;
•    şartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xöjalik yurituvçi subʼektlarga mulkiy zarar yetkazganlik uçun maʼmuriy javobgarliklar bekor qilinmoqda.

Adliya vazirligiga köra, hozirda şartnoma taraflari öz majburiyatlarini bajarmaganlik uçun Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda maʼmuriy javobgarlik ham belgilangan.

Bu esa şartnoma taraflariga majburiyatni bajarmaganlik uçun ikkita taʼsir çorasi qöllanilişiga, yaʼni ham maʼmuriy, ham mulkiy javobgarlikka tortilişiga olib kelmoqda.

Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, ilğor xorijiy davlatlar qonunçiligida fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan majburiyatlarning bajarilmasligi holatini maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida eʼtirof etiş amaliyoti mavjud emas.

Loyiha Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga körib çiqiş uçun kiritildi.

×