Sanitariya-epidemologiya tizimida yana ikkita qalloblik foş etildi. Bu haqda boş prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
Mahkama huzuridagi Departament tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiriş jarayonida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi Parkent tuman filiali mansabdor şaxslari karantin qoidalarini buzgan 86 nafar fuqarolarning qilmişlariga yaraşa jarima tayinlamaslik hamda qilmişni istisno etuvçi holatlar sifatida rasmiylaştiriş orqali 397,6 mln. sömlik davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Departamentning Kitob tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda esa Qaşqadaryo viloyat SEOMning şu tuman filiali boşliği Q.N. fuqaro M.Yu.dan karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan qonuniy çora körmaslik evaziga 800 ming söm pora talab qilib, şundan 600 ming sömini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyato işi qözğatilgan. Tergov harakatlari jadal olib borilmoqda.









