Özbekistonda gilos narxining arzonlaşuvi jadallaşmoqda. Bunga nima sabab bölyapti?

Özbekistonda gilos narxining arzonlaşuvi jadallaşmoqda. Bunga nima sabab bölyapti?

EastFruit naşri maʼlumotlariga köra, Özbekistonda gilos terimi mavsumi yakunlanişiga uzoği bilan 7—10 kun qolgan. Mamlakatda 2021 yilgi gilos mavsumi boşida narxlar ötgan yilgiga nisbatan ança yuqori narxda boşlanganiga qaramay, ayni vaqtda uşbu mevaning narxi 2020 yilning mos davriga yaqinlaşib qolmoqda.

Naşr ekspertlarining hisoblaşiça, gilos narxi bundan keyin ham tuşib boradi. Bundan taşqari, narx pasayişi şu yösinda ketaversa, mavsum oxiriga borib gilosning ulgurji narxi 2020 yilning 10—15 iyunlariga qaraganda ham arzonlaşib ketişi mumkin. Boşqaça aytganda, juda yuqori narxlar bilan boşlangan 2021 yilgi masum juda arzon narxlar bilan yakunlanişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda Özbekistondagi mavsum ötgan yilgiga nisbatan 10 kun keyinroq boşlangan, giloslarning birinçi ulgurji partiyasini narxlari 2020 yil bilan taqqoslaganda 35 foiz qimmatroq sotilgan.

2021 yilning 27 may holatiga köra, 26 millimetr kalibrdan kiçiroq giloslar narxi 25 foiz, yirik kalibrlisi esa 46 foiz qimmatroq. Biroq bir hafta içida gilosning ulgurji narxi ötgan yilgiga tenglaşib qolgan.

Özbekistonda gilos narxi nima sababdan keskin tuşib ketdi?

Özbekistonlik boğbonlarning sözlariga köra, sönggi 5—6 kun içida gilosga bölgan talab kamaygan. 4 iyun holati böyiça Farğona viloyatida (gilos işlab çiqaruvçi yirik viloyatlardan biri) fermerlarga treyderlar tomonidan taklif etilayotgan narx quyidagiça: sortirovga qilinmagan gilosning kilosi uçun 0,50—0,66 dollar va kalibrlari hamda nuqsonlari bilan sortlarga ajratilgan bir kilogramm gilos uçun — 0,95 dollar atrofida.

Treyderlardan birining taʼkidlaşiça, Rossiya bozorida gilosga bölgan talabning tuşib ketişiga, mamlakatga Turkiya, Eron va Ozarbayjon tomonidan yetkazib beriş keskin oşgani sabab bölmoqda. Aftidan, bu Özbekistonning içki bozoridagi gilos narxiga ham bosim ötkazmoqda, çunki bozorga uşbu mevalar köp kela boşlagan.

EastFruit ekspertlarining fikriça, Özbekistonda gilos narxining arzonlaşuvi prognozlari isteʼmolçilarni xursand qiladi, biroq boğbonlarni emas. Ob-havo maʼlumotlariga köra, 4—12 iyun oraliğida Farğona viloyatida örtaça havo harorati Tselsiy böyiça 39 darajaga yetadi, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 9 darajaga yuqori demak. Bu esa giloslarning tezroq yetilişi va ularning terimini tezlaştirişga olib keladi.

Şuni ham hisobga oliş kerakki, issiq ob-havo mevalarning tezroq buzilişiga olib keladi, çunki gilosni tez sovutiş uçun uskunalar bilan taʼminlaş işlari Özbekistonda juda past darajada qolmoqda.

Bu omillarning barçasi, eksport qiluvçilarning sust talablari bilan birgalikda narxga bosim ötkazadi. Eksportçilar gilosni Özbekiston uçun asosiy savdo bozori bölgan Rossiya bozoriga sotiş uçun uning narxini pasaytirişga töğri keladi.

Teglar:
×