Telegram bir qança pullik funktsiya va xizmatlarni öz içiga olgan obunasini joriy qilmoqda. Bu haqda kompaniya maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, bu messenjer uçun reklama platformasidan keyingi ikkinçi monetizatsiya usuli bölib, u ilovani saqlaş xarajatlarining bir qismini qoplaydi va işlab çiquvçilarga kelgusida ham foydalanuvçilarga çeksiz va bepul xizmat körsatişda davom etiş imkonini beradi.
Telegram Premium narxi oyiga $5 böladi.
Quyida messenjerning premium foydalanuvçilarini kutayotgan barça maʼlum yangiliklar bilan batafsil tanişing.
Limitlarni oşiriş
Pullik obuna sizga messenjerning ayrim çeklovli funktsiyalarini sezilarli darajada kengaytiriş imkonini beradi – qoida tariqasida, ruxsat etilgan çegaralar ikki baravar köpayadi:
Çatlar soni (100 → 200).
Obuna böliş mumkin bölgan kanallar va superguruhlar soni (500 → 1000).
Jildlar soni (10 → 20).
Asosiy sahifa (5 → 10) va jild içidagi (100 → 200) mahkamlangan dialoglar soni.
Kanallar va superguruhlar uçun oçiq havolalar soni (10 → 20).
Sevimli stikerlar soni (5 → 10).
Saqlangan GIF’lar soni (200 → 400).
Ilovaga alohida raqamlar bilan ulangan akkauntlar soni (3 → 4).
4 GB gaça bölgan fayllarni yuklaş imkoniyati
Telegram Premium egalari messenjer “bulut”iga 4 Gb gaça bölgan hajmdagi fayllarni yuklaşlari mumkin böladi.
Pullik obunaga ulanmagan foydalanuvçilar odatdagidek 2 GB gaça bölgan media materiallarni jönatişi mumkin böladi. Ilova xotirasi Telegram’dan foydalanuvçi har bir kişi uçun çeksiz bölib qolmoqda.
Tezroq yuklab oliş imkoniyati
Media va hujjatlarni yuklab oliş tezligida endi çeklovlar yöq bölmaydi. Pullik abonentlar kerakli fayllarni ilova keşiga avvalgidan sezilarli darajada tezroq yuklab olişlari mumkin böladi.
Ovozli xabarlarni matnga aylantiriş
Endi ovozli xabarlarni tinglaşning hojati yöq: kiruvçi audio yozuvning mazmunini bir marta bosiş bilan qulay matn formatiga ögiring.
Reklamalar yöq
Barça postlarni öqib çiqqandan söng tasma oxirida körsatiladigan homiylik postlari endi yirik ommaviy kanallarda körinmaydi. Imtiyoz faqat Premium abonentlari uçun amal qiladi.
Noyob reaktsiyalar
Obuna bölgan foydalanuvçilar xabarlar ostida standart töplamga kiritilmaydigan qöşimça animatsion reaktsiyalarni qoldirişlari mumkin (hozir u 16 ta emojini öz içiga oladi).
Premium stikerlar
Stikerlar “peştaxtasi” har oy eksklyuziv stikerlarni öz içiga olgan paketlar bilan yangilanib boradi. Çatga bunday stikerlarni faqat Telegram Premium egalari yuborişi mumkin böladi.
Dialoglarning kengaytirilgan boşqaruvi
Obunaçilarga har qanday sahifani standart jild sifatida örnatiş imkoniyati beriladi (hozirda “Barça çatlar” standart jilddir).
Profil belgisi
Abonent ismining yoniga qöyilgan yulduz şaklidagi öziga xos nişon uni boşqa foydalanuvçilardan ajratib turadi.
Animatsion avatarlar
Video avatarlarining animatsiyasi nafaqat foydalanuvçi profilini oçişda, balki çatlar röyxatida va dialog oynalarida ham körinadi.
Premiumga ega bölmagan foydalanuvçilar uçun yuqorida körsatilgan holatlarda video avatar oldindan tanlangan holatda statik bölib qoladi.









