Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov muhtoj bölgan fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlaşga yordam beriş maqsadida özining ikki qavatli uyini sotuvga qöydi. Davlat rahbari uşbu uyda oilasi bilan 5 yil yaşagan. Bu haqda Prezident saytida xabar berildi.
Qayd etilişiça, Qirğiziston rahbarining uyi davlat ipoteka kompaniyasi balansiga qöyiladi, keyin esa kim oşdi savdosida sotiladi. Köçmas mulk sotuvidan tuşgan pul ehtiyojmandlar uçun kvartira sotib olişga sarflanadi. Kompaniyaning taxminiy hisob-kitoblariga köra, mablağ ön oilaga yetarli bölişi kerak. Prezident respublikaning yirik amaldorlariga muhtojlarni qöllab-quvvatlaşda undan örnak olişlarini maslahat bergan.
“Biz moliyaviy imkoniyatga ega bölgan Qirğiziston fuqarolarini uy-joyga muhtojlarga yordam berişga çaqirmoqçimiz. Hamma biladi, respublikaning köplab aholisi uy sotib oliş uçun pul topiş maqsadida çet elga ketişadi. Biz uy-joyni barça fuqarolar uçun, faoliyat turidan qatʼi nazar, arzon qilişimiz kera”, deya taʼkidladi Japarov.
Qirğiziston Prezidentining qöşimça qilişiça, korruptsiyaga qarşi kuraş va qonunbuzar amaldorlardan musodara qilingan köçmas mulkni sotiş mamlakatda uy-joy inqirozini hal qilişga turtki böladi.









