Özbekistonda 35 ta muassasani yiriklaştiriş hisobiga 22 ta texnika universiteti taşkil qilinadi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning bugun, 22 yanvar kuni oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanişiş jarayonida maʼlum qilindi.
Şu yil oxirigaça yana 17 ta muhandislik maktabi oçiladi. Yiğilişda Nukus, Buxoro, Farğona va Namangan texnika universitetlarini taşkil etiş loyihalari taqdimot qilindi. Unga köra, yangi yönalişlar oçilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda iştiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.
Taqdimotda mutasaddilar amalga oşiriladigan işlar haqida axborot berdi. Qayd etilişiça, bu yil ham qator muhim vazifalar belgilangan. Xususan, yana mingdan ortiq taʼlim dasturlari top-300 universitet dasturlari asosida takomillaştiriladi. 45 ta taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi. Oliygohlarda “Registrator ofisi” xizmatlari bilan talabalar töliq qamrab olinadi. Dual taʼlimga yana 50 ming talaba jalb qilinadi.
Oliy taʼlimda ilmiy salohiyatni 55 foizga çiqariş, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oşiriş rejalaştirilgan. Ilğor muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oşiriş maqsad qilingan.
Yiğilişda sönggi yillarda oliy öquv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oşgani, lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va işlab çiqarişdagi zamonaviy tendentsiyalarni qamrab olmayotgani aytildi. Şu bois doktorantura kvotasini taqsimlaşda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratiş, ilmiy daraja va unvonlar oliş tartibini takomillaştiriş böyiça körsatmalar berildi. Pedagoglar kasbiy mahoratini oşirişni yangi bosqiçga olib çiqiş zarurligi taʼkidlandi.









