+18. Samarqandda falokat: ikki erkak voqea joyida halok böldi

+18. Samarqandda falokat: ikki erkak voqea joyida halok böldi

Samarqand. 2020 yil 19 iyul kuni soat taxminan 06:30 da Samarqand şahri hududidan ötuvçi M-37 avtomobil yölining 43 km.da haydovçi 38 yoşli A.Z. boşqaruvida bölgan “DAF TE 95XF” rusumli avtomaşinasini Buxoro yönalişidan Toşkent yönalişi tomonga boşqarib ketayotganida yölning qarama-qarşi tomondan harakatlanib borayotgan haydovçi 31 yoşli F.X.,ning boşqaruvida bölgan “Lacetti” rusumli avtomaşina bilan töqnaşuv sodir bölgan.

Oqibatda “Lacetti” rusumli avtomaşina haydovçisi A.Z., bilan yölovçisi 24 yoşli E.R., lar oğir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etganlar.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga köra, mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×